2020 yilning ikkinchi choragida Covid-19/koronavirus infektsiyasining kichik va o'rta biznes korxonalariga ta'sirini o'rganish

Download

Download

2020 yilning ikkinchi choragida Covid-19/koronavirus infektsiyasining kichik va o'rta biznes korxonalariga ta'sirini o'rganish

20-October, 2020

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) ko‘magida koronavirus pandemiyasining (COVID-19) kichik va o‘rta biznes holatiga ta'siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmoqda. 

Pandemiyaning va joriy yilning ikkinchi choragida hukumat tomonidan joriy etilgan profilaktika chora-tadbirlarining kichik va o‘rta korxonalar faoliyatiga ta'siri haqida ular o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga asoslangan hisobot ushbu tadqiqotning birinchi bosqichi natijasidir. Hisobotda kichik va o‘rta biznes korxonalariga ta'sir ko‘rsatgan quyidagi eng muhim omillar ko‘rib chiqildi: korxonalar tovarlari va xizmatlariga bo‘lgan talab kamayishi; sotuv yo‘llarining / mahsulot sotiladigan bozorlarga chiqish yo‘llarining yopilishi; moliyalashtirish va majburiyatlar ijrosi kechikishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar (etkazmalar, to‘lovlar). Biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan ko‘rilgan va turli darajada samarali bo‘lgan chora-tadbirlarga baho berildi. Xulosa qismida kichik va o‘rta biznes uchun zarur bo‘lgan va so‘rov asosida aniqlangan tavsiyalar hamda qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etildi.

Yuklab olish